Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati maʼlum qiladi
16:45 / 2020-01-24

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019-yil 30-dekabrda 22-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazildi.


Prezidentimizning 2019-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4045-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yil 25-dekabrda oʻtkazilgan Taʼsischilarning umumiy yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” DUK “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta nomlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019-yil 30-dekabrda 22-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazildi.

Bankning aksiyalari egalari (aksiyadorlari):
– Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati manzili: 100084, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 101-uy.

Batafsil maʼlumotni bankning saytidan olish mumkin: www.nbu.uz.

Reklama huquqi asosida.