Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi qanday boʻladi?
14:18 / 2019-10-12

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala kun tartibidagi navbatdagi masala boʻldi.


Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala kun tartibidagi navbatdagi masala boʻldi.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini ishlab chiqish topshirilgan.

Mamlakatda sud hokimiyatining nufuzini oshirish va sudyalarning mustaqilligini yanada mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud bilan birgalikda sudyalarning maxsus kiyimi namunalari ishlab chiqilgan.

Sudyalarning maxsus kiyimda faoliyat yuritishi mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish borasida umumeʼtirof etilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda sudyalarning maxsus kiyimi tasnifi va namunalari nafaqat milliy qadriyatlarimiz, balki xorijiy davlatlar, yaʼniAmerika Qoʻshma Shtatlari, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarning tajribasi oʻrganib chiqilgan.

Majlisda Senat tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan sudyalarning maxsus kiyimi koʻrinishining tavsifi boʻyicha maʼlumot berildi.

Xususan, respublika sudlari sudyalari uchun maxsus kiyim rangi toʻq-koʻk boʻlsa, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun toʻq-olcha rangda va tarkibi

70 foiz jundan iborat boʻlishi belgilanmoqda.

Qayd etish joizki, sudyalik maxsus kiyimi toʻplami: maxsus kiyim, manishka va ipak boʻyinbogʻ-plastron sudyalarning individual tana oʻlchamlari boʻyicha, faqatgina sudyalik guvohnomasi asosida buyurtmaga qabul qilinishi, sudyalik maxsus kiyimining toʻplami uchun ishlatiladigan mato qishki va yozgi holati boʻyicha oʻzgarishi mumkinligi, shuningdek, sudyalik maxsus kiyimining foydalanish muddati – 2 yil etib belgilanmoqda.

Sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasining tasdiqlanishi nafaqat “Sudlar toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonunlari talabini amalda ijro etilishi, balki, odil sudlovni amalga oshirish borasida umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillarning milliy qonunchilikka joriy etilishi hamda sud hokimiyatining nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda respublikamizda mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 500 million soʻm qoʻshimcha xarajatlar talab qilinishi tegishli idoralar bilan kelishilgan.