O‘zbekiston Respublikasi hukumati tarkibidagi so‘nggi o‘zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5257-son farmoniga muvofiq Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
****
Otajonov Nodir Sobirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
****
Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5255-son farmoniga muvofiq Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
****
Qo
‘
chqorov Jamshid Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
****
Xo‘j
ayev Jamshid Abduhakimovich Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PF-5260-son farmoniga muvofiq Xo‘jayev Jamshid Abduhakimovich - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
****
Xolmuradov Suxrob Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PF-5253 sonli farmoniga muvofiq Xolmuradov Suxrob Rustamovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat hududlari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.
****
Xo‘jayev Botir Asadillayevich Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PF-5258 sonli farmoniga muvofiq Xo‘jayev Botir Asadillayevich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.