Oʻzbekiston raisligida MDH Iqtisodiy kengashining 86-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy kengashining navbatdagi, 86-yigʻilishi Oʻzbekiston Respublikasi raisligida videokonferen-saloqa shaklida boʻlib oʻtdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy kengashining navbatdagi, 86-yigʻilishi Oʻzbekiston Respublikasi raisligida videokonferen-saloqa shaklida boʻlib oʻtdi.
Muloqotda MDH ishtirokchi mamlakatlari hukumat rahbarlari oʻrinbosarlari, iqtisodiy yoʻnalishdagi vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida MDHga aʼzo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va SOVID-19 pandemiyasi salbiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha ehtimoliy jamoaviy choralar haqida fikr almashdilar.
Moskva shahridagi Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi hududida MDH mamlakatlari koʻrgazma-savdo markazlarini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot eshitildi.
Tadbir yakunida iqtisodiyot, moliya, transport, sogʻliqni saqlash, veterinariya va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha 15 ta qaror qabul qilindi.
Xususan, Xalqaro tashuvlarda transport xavfsizligini taʼminlash strategiyasi, saraton kasalligiga qarshi kurashish, intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda veterinariya sohasidagi hamkorlik konsepsiyalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihalari maʼqullandi.
Tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining navbatdagi 87-yigʻilishini 2020-yil sentyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladilar.