O‘zbekiston – Qirg‘iziston 2:0
Poytaxtimizda futbol bo‘yicha 15 yoshli bolalar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo turniri davom etmoqda.
Poytaxtimizda futbol bo‘yicha 15 yoshli bolalar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo turniri davom etmoqda.Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamyurtlarimiz qirg‘izistonlik yosh futbolchilar bilan bellashdi.
Qiziqarli va shiddatli o‘tgan uchrashuvda vakillarimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmadi. Ikkinchi bo‘limda javobsiz ikkita to‘p kiritgan yosh futbolchilarimiz o‘yinni 2:0 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.
Futbolchilarimiz 28 iyul kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.