O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova ovoz berdi
Ayni damda Farg‘ona viloyatidagi saylov uchastkalarida ovoz berish ishlari davom etmoqda. Oltiariqlik O‘zbekiston Qahramoni, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lolaxon Murotova ham o‘z hududi — “Qapchug‘ay” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 853-saylov uchastkasiga kelib, o‘zi munosib bilgan nomzodlar uchun ovoz berdi.

– Bu yil yangicha saylovlar bo‘lyapti, 5 ta siyosiy partiyalarning ishtirok etayotgani, raqobatni kuchaygani va xalqimizni bu jarayonga befarq emasligi ham buni ko‘rsatib turibdi, – deydi O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova. – Halqimiz o‘z huquqidan foydalanib, o‘zi tanlagan, o‘zi munosib bilgan nomzod uchun ovoz bermoqda. Men ham ertangi kunimga befarq emasman. Yurtimizning tinchligi, xalqimizning farovonligi uchun ovoz berdim. O‘zim ham ilk marta 1980 yilda viloyat kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilib, saylanganman. Mustaqillikdan keyin ham 2 marta viloyat kengashi deputati bo‘ldim. Deputatlikning yuki nihoyatda og‘ir. Xalqning ishonchini oqlash uchun tinimsiz mehnat qilish kerak.