Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
20:48 / 2020-04-03

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida birodar davlatlar rahbarlari mintaqamizga kirib kelgan yangilanish va yasharish bayrami – Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdi.

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda sheriklikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, madaniyat va taʼlim sohalarida kengaytirishning istiqbolli yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar.

Erishilgan kelishuvlar, shu jumladan mamlakatlarimiz poytaxtlari oʻrtasida qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida oʻzaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha qoʻshma fond tashkil etishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida oʻzaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar mamlakatlarimizda koʻrilayotgan birinchi navbatdagi preventiv choralar va epidemiologik vaziyatni nazorat qilish tadbirlarini toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Koronavirusga qarshi kurashishda faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.