Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti AQSh bilan muzokaralarni asosan qaysi tilda olib boradi?
13:06 / 2020-02-10

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum mazkur savolga aniqlik kiritdi.


AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum mazkur savolga aniqlik kiritdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev AQSh bilan muzokaralarini qaysi tilda olib boradi? Prezident o‘rtadagi tarjimon bilan qaysi tilda so‘zlashadi? O‘zbek, rus yoki ingliz tilidami?

Elchining ma’lum qilishicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarda odatda O‘zbekiston Prezidenti davlat tilida so‘zlaydi.

“Men AQSh rasmiylarining Prezident Shavkat Mirziyoev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan o‘tgan yopiq uchrashuvlari borasida ma’lumot bera olmayman. Ammo mening fikrimcha, Prezident Shavkat Mirziyoev AQSh delegatsiyasi bilan o‘tgan uchrashuvlarida davlat tilida so‘zlaydi. Men aynan qaysidir uchrashuv haqida emas, umumiy olganda shunday ekanligini ta’kidlamoqchiman. Shuningdek, Prezident boshqa davlat rasmiylari bilan o‘tadigan uchrashuvlarda qaysi tilda so‘zlashi haqida ma’lumotga ega emasman”, dedi Daniel Rozenblyum.
Bu haqda AQSh elchisi Toshkentdagi AQSh elchixonasida jurnalistlar bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.