Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston pley-offda Avstraliya bilan kuch sinashadi
08:30 / 2019-01-18

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogida guruh bahslari yakunlandi.

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogida guruh bahslari yakunlandi.

3-tur oʻyinida Ektor Kuper shogirdlari toʻrt karra Osiyo chempioni Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Avvalgi oʻyinlarda har ikki jamoa aʼzolari gʻalaba qozonishgan va bu qarama-qarshilik guruhda qaysi jamoa gʻolib chiqishiga aniqlik kiritib berishi kerak edi.

Odatda vazifa uddalangach aksariyat murabbiylar tarkibda rotatsiyaga qoʻl urishadi. Kuper ham shunday qildi, Yaponiya bilan oʻyinda Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Akmal Shorahmedov, Oleg Zoteyev va Sardor Rashidov kabi futbolchilarga dam berildi.

Shunga qaramay oʻyinda vakillarimiz hisobni ochishdi. Osiyo kubogi toʻpurarlari safida borayotgan Eldor Shomurodov 40-daqiqada terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqadi. Ammo, muxlislarimiz quvonchi uzoqqa choʻzilmadi, oradan koʻp oʻtmay Yaponiya terma jamoasi aʼzosi Yoshinaro Muto muvozanatni tikladi. Ikkinchi boʻlimda esa Sukasa Shiotani kunchiqar yurt futbolchilariga gʻalaba keltirgan toʻp muallifiga aylandi. Muddatidan avval keyingi bosqichga yoʻl olgan futbolchilarimiz pley-offda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur oʻyin 21 yanvar kuni Al-Ayn shahridagi Xalifa bin Zayd stadionida oʻtkaziladi.