French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Paraosiyo oʻyinlarini 77ta medal bilan yakunladi
20:22 / 2018-10-12

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun nihoyasiga yetdi.

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun nihoyasiga yetdi.

12 oktyabr yakunlariga koʻra, hamyurtlarimiz tomonidan 77 ta medal qoʻlga kiritildi. Ularning 35tasi oltin, 24tasi kumush va 18ta bronza medallaridir. Medallar sifati boʻyicha umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egallab turibmiz.

Mazkur Paraosiyo oʻyinlarida yangi nomlar, yangi chempionlar kashf etildi. Xususan, yengil atletikaning bir qator yoʻnalishlari, jumladan, balandlikka sakrash (erkaklar, oyoq amputatsiyasi) boʻyicha Temur Giyazov, uzunlikka sakrash (ayollar, qoʻl amputatsiyasi) boʻyicha Kamola Abdullayeva, nayza uloqtirish (ayollar, qoʻl amputatsiyasi) Roziya Ergasheva, yadro uloqtirish (boʻyi 140sm dan past boʻlgan sportchilar) bahslarida Bobur Omonovni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.

Yuqorida qayd etilgan sportchilarimiz shu kungacha mazkur yoʻnalishlarda Xitoy va Yaponiya mamlakatlari gegemoniyasiga chek qoʻya olishdi. Maʼlumot uchun, terma jamoamiz sportchilarining asosiy qismi viloyatlardan, chekka-chekka qishloqlardan saralab olingan.