Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston – Oʻmon siyosiy maslahatlashuvlari haqida
07:03 / 2020-08-20

Oʻzbekiston va Oʻmon Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston va Oʻmon Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.

Tomonlar delegatsiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vazirining diplomatik masalalar boʻyicha oʻrinbosari Shayx Xalifa bin Ali bin Iso al-Harisiy rahbarlik qildi.

Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi doirasida Oʻzbekiston - Oʻmon munosabatlari hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi. Munosabatlarning hozirgi koʻrsatkichi tomonlarning mavjud salohiyatiga mos kelmaydi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston - Turkmaniston - Eron - Oʻmon transport yoʻlagi toʻgʻrisidagi kelishuvni amalga oshirish, Oʻzbekiston - Oʻmon ishbilarmonlar kengashini taʼsis etish, ikki mamlakat moliyaviy institutlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish muhimligi taʼkidlandi.

Suhbat chogʻida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ilmiy-tadqiqot va taʼlim sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

Oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu yoʻnalishdagi masalalarni tezkor hal etish uchun ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Muzokarada Oʻzbekiston-Oʻmon kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.