French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi 2020-yil uchun zakot miqdorini eʼlon qildi
17:50 / 2020-04-14

Mazkurlarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati zakot nisobini Shaʼbon oyida chiqarishga qaror qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayati 2020-yil uchun zakot miqdorini maʼlum qildi.

Fatvo hayʼati 1 gramm tilloning bugungi kundagi oʻrtacha narxi 250 000 (ikki yuz ellik ming) soʻm ekanini eʼtiborga olib, milodiy 2020-yil (hijriy 1441-yil) uchun ZAKOT nisobini (85 g. tillodan) 21 250 000 (yigirma bir million ikki yuz ellik ming) soʻm deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), yaʼni zakot uchun chiqariladigan qismi 531 250 (besh yuz oʻttiz bir ming ikki yuz ellik) soʻmga teng boʻladi.

Shunga koʻra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 21 250 000 (yigirma bir million ikki yuz ellik ming) soʻmdan ortiq mablagʻga ega boʻlgan musulmon kishi, jami mablagʻining qirqdan biri (1/40)ni zakot sifatida kambagʻal va faqirlarga berishi farzdir.

Odatda, har yili Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati tomonidan nisob miqdori Ramazon oyida eʼlon qilinar edi. Lekin, bugungi kunda butun dunyo boʻylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus pandimeyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, yurtimizda karantin eʼlon qilinishi sababli, zaruratsiz uydan tashqariga chiqish mumkin boʻlmay qoldi.

Tabiiyki, bunday paytda aholining moddiy yordamga muhtoj boʻlgan qismini qoʻllab-quvvatlashning zarurati tugʻildi va ayni paytda bu ajr-savobi koʻp boʻlgan amaldir. Mana shunday vaziyatda moli nisobga yetgan boy-badavlat kishilar mollarining zakotini ham haqdorlarga berishlari ayni savobli amallar sirasiga kiradi, deyiladi fatvo hayati xabarida.

Mazkurlarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati zakot nisobini Shaʼbon oyida chiqarishga qaror qildi.