«O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil» esdalik nishonlari topshirildi
«O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or xodimlardan bir guruhini «O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil» esdalik nishonlari bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or xodimlardan bir guruhini «O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil» esdalik nishonlari bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiyot kompleksida munosib o‘rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini berayotir.
Mustaqillik yillarida sohaga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarni tashkil etib, bu uch yuzga yaqin yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun sharoit yaratdi.
Yangi korxonalarni ishga tushirish, mavjud quvvatlarni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar samarasida ishlab chiqarish hajmi muttasil oshib bormoqda.
Tarmoqda mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi arafasida umumiy qiymati 90 million dollarlik, 1,6 mingdan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan o‘ndan ziyod yangi korxona foydalanishga topshiriladi. O‘tgan davrda Samarqand, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida yettita yangi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qo‘qon to‘qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan “Indorama Qo‘qon tekstil” xorijiy korxonasida yangi yigiruv sexi ish boshladi.
– Mazkur mukofot nafaqat menga, balki tarmoqda mehnat qilayotgan hamkasblarimizga Prezidentimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor namunasidir, – deydi «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Shohrux Rahimov. – Ushbu mukofot bizni yanada yuksak marralarni zabt etishga ilhomlantiradi.