French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Milliy bankining ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi
16:00 / 2020-10-15

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylandi.


“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida, bank tizimi va kapital bozorini yana-da rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligiga, shu jumladan tijorat banklari uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro kapital bozoriga chiqishi zarurligiga alohida eʼtibor qaratdilar.

Xalqaro kapital bozori mamlakatda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda va xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb qilishda muhim rol oʻynaydi. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi suveren yevroobligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi, mahalliy korxonalarga, shu jumladan Oʻzmilliybankka ham xalqaro bozorlarga chiqishi uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.

Bugungi kunda, Oʻzmilliybank xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish va iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ustuvor va strategik ahamiyatga ega investitsion loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha respublikaning yetakchi bankidir.

Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi Oʻzmilliybank tomonidan Citibank (AQSH), Natixis (Fransiya), SMBC Nikko (Yaponiya) va Gazprombank (Rossiya) kabi xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Joriy yilning 12-13-oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan roud-shou tadbiri doirasida AQSH, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investorlari ishtirokida global audiokonferensiya (Global Investor Call) oʻtkazildi. Ushbu tadbir doirasida Moliya vazirligi va Oʻzmilliybank vakillari xorijiy investorlarga joriy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyoti va bank sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni toʻgʻrisida, xususan, Oʻzmilliybank tomonidan yevroobligatsiyalari chiqarilishi nafaqat bank, balki butun mamlakat uchun dolzarbligi takidlab oʻtildi. Shuningdek, 12 ga yaqin yirik xalqaro investorlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi va ularning savollariga toʻliq javob berildi.

2020-yil 14-oktyabrda investorlarning takliflariga asoslangan moliyaviy konsultantlarning tavsiyasiga koʻra, Oʻzmilliybankning ilk daromadlilik foiz stavkasi 5 - 5.25% (low-5%) belgilandi va London vaqti bilan soat 08:15 da buyurtmalar kitobi ochiq deb eʼlon qilindi. London vaqti bilan 17:00 da bank tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyaning yakuniy foiz stavkasi va kuponi aniqlandi. Sarmoyadorlar tomonidan talab katta boʻlganligi va bu emissiya hajmidan ikki baravar yuqori boʻlganligi sababli, kuponning yakuniy qiymati yiliga 4,85%ni tashkil etib, savdo paytida boshlangʻich foiz stavkadan 0,30% ga kamaydi.

Bank tomonidan yevroobligatsiyalarning bunday muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xalqaro investorlar tomonidan ijobiy baholayotganligidan dalolatdir.

Bank tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega boʻlgan yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga va tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

Maʼlumot uchun: yevroobligatsiya - bu xorijiy investorlar orasida xalqaro anderrayterlar sindikatining yordami bilan joylashtirilgan, emitent uchun chet el valyutasida chiqarilgan qarz majburiyatidir.

photo_2020-10-15_15-59-22.jpg

Bank matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida