English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston meva-sabzavotlarini Primorye oʻlkasiga yetkazib berish hajmi oshadi
19:12 / 2020-03-06

Rossiyaning Primorye oʻlkasi hukumati raisi oʻrinbosari Kostantin Shestakov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi.


Rossiyaning Primorye oʻlkasi hukumati raisi oʻrinbosari Kostantin Shestakov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi. Delegatsiya tarkibida Primorye oʻlkasining yirik savdo tarmoqlari, ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi kompaniyalari rahbarlari bor.

Delegatsiya aʼzolari 6-mart kuni “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida kompaniya boshqaruv raisi oʻrinbosari Abdumalik Abdullayev va boshqarma boshligʻi Bahodir Yunusov mehmonlarni mamlakatimizning hoʻl va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha eksport salohiyati bilan tanishtirdi.

Asosiy eʼtibor yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini Primorye oʻlkasiga eksport qilishga qaratildi. Primorye oʻlkasida Oʻzbekiston mahsulotlari yarmarkasini tashkil etish ham muhokama qilindi.

– Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar ajoyib taʼmi, yuqori sifati bilan ajralib turadi, – dedi Kostantin Shestakov. – Primorye oʻlkasida Oʻzbekiston mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish mijozlarga ana shu noz-neʼmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish imkoniyatini yaratishdan tashqari oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligimizni kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi va Primorye oʻlkasi hukumati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjatga muvofiq, tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, hoʻl va qayta ishlangan meva-sabazavot mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish orqali ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirishni rejalashtirgan.