Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahsulotlari xavfsiz va foydali
15:08 / 2016-04-19

Poytaxtimizda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning milliy strategiyasi – aholi farovonligining muhim omili» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Poytaxtimizda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning milliy strategiyasi – aholi farovonligining muhim omili» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Partiya markaziy kengashi raisi o‘rinbosari J.Safoyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

O‘tgan yili mamlakatimizda 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 12-apreldagi «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar ekologik sofligi, sog‘liq uchun foydaliligi bilan ajralib turadi. Bu aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligida muhim o‘rin tutadi.

– “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida bu sohaga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov. – O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuniga tarkibida modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklash, bolalar ovqatida bunday organizmlar qo‘llanilishini taqiqlashni nazarda tutadigan qo‘shimchalar kiritish vazifasi belgilangan. Bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bu borada ish olib borilmoqda.

Tadbirda mamlakatimizda sifatli meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish, korxonalarda xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.