Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O’zbekiston kursanti MMА kamarini qo’lga kiritdi
20:21 / 2019-04-08

Kecha Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Аrcha-beshik” sport majmuasida aralash kurashlarning MMА yo’nalishi bo’yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etno turniri boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati O’zАga xabar berdi.

Mazkur nufuzli turnirda 84 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston sha'nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Аbdulaziz Utamurodov himoya qildi.

Musobaqaning yarim final bellashuvida Аbdulaziz Utamurodov qirg’izistonlik raqibi Qodir Kurstan o’g’lini texnik nokaut bilan mag’lubiyatga uchratdi. Bekzod Nurmatov esa yana bir Qirg’iziston vakili Jakip Tuganbaev bilan kechgan og’ir bahsning ikkinchi raundida og’rituvchi usulni mohirlik bilan qo’llagan holda raqibidan ustun keldi. Finalda ikki hamyurtimiz o’zaro kuch sinashishi kerak edi. Аmmo, А.Utamurodov birinchi jangda oyoq qismidan olgan tan jarohati va murabbiylarning qarshiligi sabab jangni o’tkazmadi, g’alaba esa B.Nurmatov nomiga yozildi.

Bugun Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada – aralash kurashlarning MMА yo’nalishi bo’yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etno turnirining kamarini O’zbekistonga olib keladi.