Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Kubogi: Ikkinchi yarim finalchi nomi maʼlum
21:59 / 2018-09-18

Oʻzbekiston kubogining chorak finalidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston kubogining chorak finalidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi doirasidagi ikkinchi oʻyin ham nihoyasiga yetdi. “Paxtakor” Markaziy stadionida oʻtkazilgan uchrashuvda maydon egalari “Lokomotiv” jamoasini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi.

Aslida bu kabi yirik hisob qayd etilmasligi ham mumkin edi. Biroq hisob atigi mezbonlar foydasiga 1:0 boʻlib turgan bir pallada “Lokomotiv”ning qiziqqon oʻyinchisi Sadriddin Abdullayev xarakteridan kelib chiqib Cheranga kutilmaganda “kalla qoʻydi“. Bunday “tuhfa”dan foydalangan raqib oʻyinchisi oʻzini maysaga otdi. Xullas, bosh hakam “toʻpolonchini” maydondan chiqarib yubordi. Bu maydon egalari uchun ayni muddao boʻldi va ular bundan unumli foydalana olishdi.

Birinchi boʻlimda “Lokomotiv” darvozasiga bor-yoʻgʻi bitta toʻp kiritilgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda Bezerraning oʻzi ikki bor Nesterov darvozasini nishonga ola bildi. Hatto anchadan beri tuzukroq oʻyin koʻrsata olmayotgan va muxlislar eʼtiroziga sabab boʻlayotgan Igor Sergeyev ham gol urib, oʻzini hali nimalarga qodir ekanligini isbotlagandek boʻldi.

Shu tariqa bugungi ikki oʻyin yakuniga yetdi va “Qoʻqon-1912” hamda “Paxtakor” jamoalari yarim final yoʻllanmalarini hal etishdi. Kubokning qolgan ikkita oʻyini ertaga oʻtkaziladi. Unda “Andijon” oʻz maydonida “Bunyodkor”ni, AGMK esa “Mashʼal” jamoasini qabul qiladi.

Oʻzbekiston Kubogi
1/4 final. 18-sentabr
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 4:0 

Gollar: Yegor Krimes 21, - 1:0. Tiago Bezerra 53, - 2:0. Tiago Bezerra 82, - 3:0. Igor Sergeyev 89, - 4:0.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod Aʼzamov, Azimjon Ahmedov (Vladimir Kozak, 70), Dilshod Rahmatullayev (Jahongir Ahmadov, 66), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 82), Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeyev, 78), Yegor Krimes, Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 85), Tiago Bezerra

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze (Diyor Turopov, 84), Sadriddin Abdullayev, Ikrom Aliboyev, Temurxoʻja Abduxoliqov (Sardor Rashidov, 58), Sardor Mirzayev (Husniddin Gʻofurov, 72), Islom Toʻxtaxoʻjayev, Sanjar Shoahmedov (Azizbek Omonov, 90), Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich

Ogohlantirishlar: Eldorbek Suyunov 42, Islom Toʻxtaxoʻjayev 48, Farrux Sayfiyev 60, Vladimir Kozak 74.

Chetlatish: Sadriddin Abdullayev 42.

b1cb062a-92b4-4392-8389-9958e099b38d.jpg

6a2f52b7-5413-4de1-96bb-82f825a2d405.jpg

649ae039-9ef3-47e8-97b8-0fd09b102bd2.jpg

22efa145-8f05-4c61-8e9f-0604ceaa061a.jpg

ba6d8c1e-1bc3-4bcc-a196-624461be4f91.jpg

f204835c-dd89-4fe7-baa6-776bd10d5ce3.jpg