French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston koronavirusni aniqlovchi 50 mingta test tizimi ishlab chiqaradi
14:14 / 2020-04-28

Vazirlik aprel oyi oxirigacha koronavirusni tekshirib aniqlovchi 50 mingta test-tizimi ishlab chiqarishi toʻgʻrisida maʼlumot bergan edi.


Vazirlik aprel oyi oxirigacha koronavirusni tekshirib aniqlovchi 50 mingta test-tizimi ishlab chiqarishi toʻgʻrisida maʼlumot bergan edi. Shu ishlar nihoyasiga yetdimi? Ushbu savolga Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova javob berdi.

“Hozirda test tizimlarining laborator va klinik sinovlari yakunlandi. Ilgʻor texnologiya markazi 50 mingta shunday test tizimini ishlab chiqarishga tayyor.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan mazkur testdan foydalanishga ruxsat berilganidan soʻng uni tezkorlik bilan ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi”, deydi Abduqunduzova.