Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston jamoasi g‘olib
20:10 / 2018-07-25

Namanganda sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniribo‘lib o‘tdi.

Namanganda sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniribo‘lib o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston davlatlaridan sportchilar ishtirok etdi.

Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi taqvim rejasiga ko‘ra tashkil etilgan turnir “Navbahor” stadionida tantanali marosim va taniqli san’atkorlar ishtirokidagi katta konsert dasturi bilan boshlandi.

27.jpg

Bugungi kunda viloyatda sportning mazkur turi bo‘yicha 40 dan ziyod to‘garak faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda Rossiyaning Ufa, Belarusning Minsk shaharlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro turnirlarda Z.Olimjonova, A.Jo‘raxonov, Sh.Nazaraliyev, M.Abdullayev, B.Sharipov singari yosh sportchilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Musobaqada dastlab gilamga 60 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar chiqdi. Unda mamlakatimiz vakili Sh.Tursunov tojikistonlik sportchi F.Ahmedjonovni muddatidan avval yengib, turnir g‘olibi bo‘ldi. 65 kilogramm vaznda gilamga chiqqan qashqadaryolik O.Normurodov Qozog‘iston vakili D.Kayishbekov ustidan sof g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Murosasiz kechgan yana bir uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. 70 kilogramm vazn toifasida kutilganidek toshkentlik M.Mamajonov raqibi – rossiyalik ikki karra jahon va Yevropa chempioni R.Gamidullayevni mag‘lub etdi. 55 kilogramm vaznda namanganlik Osiyo chempioni A.Jo‘raxonov tojikistonlik T.Inoyatovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

30.jpg

Shundan so‘ng titul jangi o‘tkazildi. 5 raundli titul janggida buxorolik J.Jumayev 75 kilogramm vazn toifasida belaruslik sport ustasi, qo‘l jangi va sambo bo‘yicha jahon chempionati finalchisi E.Muravitelskiydan ustun keldi.

Namanganda ilk bor o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi mutlaq g‘olib bo‘ldi.