Oʻzbekiston FAOning Yevropa Mintaqaviy anjumaniga raislik qilmoqda
2-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAO Mintaqaviy konferensiyasining Yevropa uchun oʻttiz ikkinchi sessiyasi oʻz ishini boshladi.

COVID – 19 pandemiyasi tufayli ilk bor virtual tarzda boʻlib oʻtayotgan mazkur forumda BMT shafeligidagi koʻplab yirik xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, 30 ga yaqin davlatning qishloq xoʻjaligi vazirlari, vazir oʻrinbosarlari, mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik missiya vakillari ishtirok etmoqda.
1945-yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 194 davlat aʼzo boʻlgan FAO 130 dan ortiq mamlakatda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Tashkilot zimmasidagi asosiy vazifa oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish imkoniyatini kengaytirishdan iborat.
Oʻzbekiston FAOga 2001-yil aʼzo boʻlgan. 2014-yili mamlakatimizda tuzilma vakolatxonasi ish boshladi. 2022-yilgacha moʻljallangan rejaga binoan, FAO bir necha ustuvor yoʻnalishda, jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa davlat tashkilotlariga institutsional va strategik yordam koʻrsatish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, bozorga kirish zanjiri va tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, iqlim oʻzgarishi va bioxilma-xillik masalalarida respublikamiz bilan hamkorlik qiladi.
FAOning Yevropa mintaqaviy sessiyasi ilk bor Oʻzbekiston raisligida oʻtyapti. Yigʻilish boshida delegatlar mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xoʻjayevni har ikki yilda oʻtkaziladigan anjumanning raisi etib sayladilar. Demak, keyingi ikki yil mobaynida tuzilma tomonidan tashkil etiladigan barcha tadbirlarga Oʻzbekiston rahbarlik qiladi. Mamlakatimiz vakillari faoliyat doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarib, muvofiqlashtirib boradi. Lozim boʻlganda hal qiluvchi takliflarni kiritadi.
Eslatib oʻtish joiz, anjuman mintaqada oziq-ovqat xavfsizligining asosiy muammolari bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yaxshigina platforma boʻlib xizmat qilmoqda.
– Mintaqaviy konferensiyaning Yevropa uchun navbatdagi sessiyasi erishilgan natijalarni baholash, yangi muammolarni aniqlash, mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbolini belgilashning muhim bosqichidir, – dedi FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʻrinbosari Sherzod Umarov. –Ishonchim komilki, tadbir davomida oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq tahdid va muammolarga qarshi samarali kurashish borasida eng muhim qarorlar qabul qilinadi.
BMTning 2021-yilgi oziq-ovqat tizimlari sammiti oldidan anjuman ishtirokchilari asosiy eʼtiborni Yevropa va Markaziy Osiyoda barqaror oziq-ovqat tizimi hamda sogʻlom ovqatlanish bilan bogʻliq masalalarga qaratdi. Yalpi majlis, vazirlar ishtirokidagi davra suhbati va boshqa turli shakldagi muloqot davomida ovqatlanish va barqaror oziq-ovqat tizimi holati koʻrib chiqilib, ayni yoʻnalishlar boʻyicha mintaqadagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlik masalasi, oʻzaro bogʻliq muammolar, mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.
– Yaqinda tarixiy voqea – FAOning 75 yilligini keng nishonladik, – dedi anjuman qatnashchilariga murojaat qilarkan, FAO Bosh direktori Syuy Dunyuy. – Umuman, bugungi globallashuv davrida yer yuzidagi har bir insonning toʻyimli oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ocharchilikka butunlay barham berishdek jiddiy masʼuliyat tashkilotimiz zimmasidagi majburiyatni yana-da kuchaytiradi. Yevropa uchun FAO mintaqaviy konferensiyasining 32-sessiyasi ayni majburiyatlar haqiqatda amalga oshishini taʼminlash uchun yaxshi imkoniyatdir. Yangi gʻoyalar, mustahkam hamkorlik – samarali ishlab chiqarish, yaxshi ovqatlanish, qulay muhit va farovon hayotga eltuvchi yoʻldir.
Konferensiyaning birinchi kunida yana bir muhim mavzu – BMT oilaviy dehqonchiligining oʻn yilligi doirasida yoshlar, yoshlar bandligi va qishloq taraqqiyoti masalasi diqqat markazida boʻldi. Muhokama doirasida qishloq xoʻjaligida kichik mulkdorlar, oilaviy fermerlar va qishloq yoshlarining ahvoli tahlil etildi. Jumladan, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi qishloq hududlarini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan strategiyalar haqida fikr yuritildi.
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev ishtirok etdi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAO Mintaqaviy konferensiyasining Yevropa uchun oʻttiz ikkinchi sessiyasi 4-noyabrgacha davom etadi.