O‘zbekiston elchisi BAA Vitse-prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat hamkorlik masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga o‘zining chuqur hurmatini izhor etdi va O‘zbekiston – BAA hamkorligi Amirliklar uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Muzokaralarda shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlik munosabatlarni ikki mamlakat uchun manfaatli va tizimli asosda rivojlantirishning amaliy rejalari yuzasidan kelishuvga erishdi.