Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi
10:39 / 2017-09-29

2017-yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.

2017-yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.

Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda atrof-muhitni muhofaza qilish va BMT doirasida qabul qilingan «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi»ni amalga oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi.