Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston chempionati yakunlandi
16:20 / 2016-04-26

Nukusda erkaklar o‘rtasida jangovar sambo hamda faxriylar o‘rtasida sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Nukusda erkaklar o‘rtasida jangovar sambo hamda faxriylar o‘rtasida sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafarga yaqin sportchi 17 vazn toifasida bellashdi.

Faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda samarqandlik Ravshan G‘ulomov, Boborayim Qosimov, qashqadaryolik Isoq Ahmedov, Murodulla Nazarov, Baxtiyor To‘rayev, buxorolik Hamid Karimov, Jumadurdi Alimov, toshkentlik Jamshid Fayziyev, navoiylik Sulton Isoqov, G‘ayrat Bobomurodov, qoraqalpog‘istonlik Azamat Yusupov, Bozorboy Nurjanov va Jiyenboy Qaljanov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

– Faxriylarimiz orasida ko‘plab jahon va Osiyo chemiponlari hamda sovrindorlari ishtirok etgani yoshlar uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘ldi, – deydi musobaqa bosh hakami Azamat Turdanov. – Ular bu kurash turining sirlarini yosh polvonlarga o‘rgatishdi.

Musobaqaning jangovar sambo yo‘nalishi bo‘yicha qoraqalpog‘istonlik A.Hakimov, B.Xo‘jabekov, M.Jiyemuratov, samarqandlik F.Boboyev, toshkentlik B.Alimov, andijonlik D.Sobirov va I.Azimov o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egalladi.