O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 23 iyun holatidagi narxlari:
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 41 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizning “Farhod” bozorlarida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Xorazmning Urganch shahar markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 34 000 – 41 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizning “Farxod” bozorida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada Andijonning Yangi shahar bozori hamda poytaxtimizning “Mirobod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 30 000 dan 42 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
10 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 so‘mdan – 13 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so‘m.
Guruch
3 500 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoning Termiz shahar dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.
Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorid hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 14 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Farg‘ona shahri Markaziy dehqon bozori va poytaxtimizning “Farxod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Toshkent shahri "Mirobod" dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12 500 so‘mgacha.
Un
2 200 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farxod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Toshkentdagi “Mirobod”, “Chorsu”, “Qo‘yliq”, “Farxod” hamda Farg‘ona Markaziy shahar dehqon bozorida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazm Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizning “Farhod” va “Yunusobod” dehqon bozorida kuzatildi – 3 500 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m.
1 kg shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Toshkentning “Yunusobod” dehqon bozorida kuzatildi 350 - 600 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
1 dona tuxum uchun eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Samarqand shahri “Siyob” bozori va poytaxtimizning “Mirobod” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi — 400 - 650 so‘m.
Kartoshka
1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar markaziy dehqon bozori, poytaxtdagi “Chorsu” va Farg‘ona Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Mirobod” va “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
1 500 so‘mdan – 5 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori, Farg‘ona Markaziy dehqon bozori va Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 so‘mdan – 11 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu”dagi dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Xo‘jalik sovuni
800 so‘mdan – 3500 so‘mgacha
Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori, Surxondaryoning Termiz shahar dehqon bozori, Farg‘ona Markaziy dehqon bozori, Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 1 500 – 3 500 so‘m.
Eslatma: O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mazkur narxlarni yurtimiz bozorlarida qayd etgan.