Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Belarus agroforumi doirasida muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda
16:57 / 2020-02-25

Bu haqda tadbirning ochilish marosimida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdumalik Abdullaev ma’lum qildi.


Bugun, 25 fevral kuni Toshkent shahrida ish boshlagan O‘zbekiston – Belarus agroforumida “O‘zbekoziqovqatxolding” va “Belgospiщeprom” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Bu haqda tadbirning ochilish marosimida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdumalik Abdullaev ma’lum qildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 12 mingga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar ichki bozorni ta’minlash bilan bir qatorda o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqaradi. “O‘zbekoziqovqatxolding“ kompaniyasi sohaga investitsiyalarni jalb qilish, eksport masalalarida chuqur marketing tadqiqotlari olib borish, yangi tashqi bozorlarni izlash orqali milliy oziq-ovqat sanoatinini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Forumda kompaniya tarkibidagi “Chortoq”, “Agromir”, “Marvin brends”, “Intersok” singari 50 ziyod korxona qayta ishlangan meva-sabzavotlar, tabiiy sharbatlar singari mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida V2V formatidagi muzokaralar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Uning yakunida tomonlar o‘rtasida muhim hujjatlar imzolanadi. Xususan, “O‘zbekoziqovqatxolding” va “Belgospiщeprom” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston – Belarus agroforumida mehmon tomonidan 80 dan ortiq korxona va tashkilotdan 150 vakil ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik ishtirokchilar soni 600 kishini tashkil etadi.

Forumning ko‘rgazma ekspozitsiyasida Belarus va O‘zbekistondan 60 korxona eksport imkoniyatlarini namoyish etmoqda. Asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, nasldor chorvachilik hamda sut-tovar fermalari, sabzavot omborlari va qayta ishlab chiqarishni loyihalashtirish va qurish sohalaridagi ilg‘or ishlanmalarga, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, energiya va resurslarni tejamkorlik borasida tajriba almashishga qaratilgan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari o‘zlarining istiqbolli eksportbop mahsulotlarini taqdim etmoqda.

O‘zbekiston – Belarus agroforumi 26 fevral kuni ham davom etadi.