Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bank tizimining xalqaro e’tirofi
17:15 / 2014-11-06

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda kreditlash tizimining jahon reytingida egallagan o‘rniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda kreditlash tizimining jahon reytingida egallagan o‘rniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori A.Qosimov, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari A.Ikromov, Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari S.Annaqilichev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida moliya-bank tizimini isloh etishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

– Har bir mamlakat iqtisodiyoti ravnaqida banklarning hissasi beqiyos, – deydi Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti katta o‘qituvchisi Bernaro Jeffri Morante. – Shu bois har bir investor o‘sha davlatga mablag‘ kiritishdan oldin moliya-bank tizimi barqarorligiga alohida e’tibor qaratadi. O‘zbekiston Markaziy banki kredit axboroti almashinuvi hamda garov ta’minoti bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan muayyan tajriba to‘plab, yuqori samaradorlikka erishmoqda. Mamlakatingiz “Kredit olish” indikatori bo‘yicha reytingini yanada yaxshilash va yuqori o‘sish sur’atlariga erishish borasida ulkan imkoniyatlarga ega.

Bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi faoliyati barqaror bo‘lib, qat’iy belgilangan xalqaro standartlarga javob beradi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 26-noyabrdagi «2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarori va 2014-yil 7-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni moliya-bank tizimi barqarorligini oshirish, faoliyatini yanada yuqori darajaga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan yillar davomida kreditlash tartibi soddalashtirilib, yillik foiz stavkalari pasaytirilgani tadbirkorlar va xorijiy iivestorlar uchun qulaylik yaratmoqda. Xususan, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2014-yilning 1-yanvaridan boshlab 12 foizdan 10 foizga pasaytirildi. 

Ana shunday ijobiy yutuqlar samarasida yaqinda Xalqaro moliya korporatsiyasi va Jahon banki e’lon qilgan hisobotda O‘zbekistonda kreditlash tizimi jahon reytingida o‘tgan yilga nisbatan 26 pog‘ona yuqori qayd etildi. Bu xorijiy sarmoyadorlarning mamlakatimizga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. 

Tadbirda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida bank tizimiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, qulay ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.