French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston armiyasida Navroʻz ayyomi koʻtarinki ruhda kutib olinmoqda
19:02 / 2019-03-21

Bugun, 21 mart kuni Mudofaa vazirligi sport majmuasida Navroʻz ayyomiga bagʻishlangan bayram tantanalari keng nishonlandi


Bugun, 21 mart kuni Mudofaa vazirligi sport majmuasida Navroʻz ayyomiga bagʻishlangan bayram tantanalari keng nishonlandi. Unda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari hamda yurtimizning taniqli xonandayu sozandalari ishtirok etdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan saylda harbiy xizmatchilar tomonidan milliy urf-odat va anʼanalar, betakror qadriyatlarimiz, sadoqat, yurtni koʻz qorachigʻidek asrash, vatanparvarlik tuygʻulari aks ettirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, harbiy orkestrlarning chiqishlari, Sharqona yangi yil tarixiga oid badiiy chiqishlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

photo_2019-03-21_18-27-21.jpg

Sumalak, halim, koʻk somsa kabi bahoriy taomlardan iborat dasturxonlar koʻrgazmasi, xalq oʻyinlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda bugungi tinch-osuda hayotimiz, turli sohalarda erishilayotgan yutuq va marralar haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmalar tashkil etildi.

– Navroʻz – yangilanish, yasharish bayrami. Bu kabi bayramlar tinchlik hukmron surayotgan yurtga yarashadi. Shunday ekan Oʻzbekistonimiz doimo tinch, yurtimiz farovon boʻlsin. Barchamizning jamiki yaxshi niyatlarimiz roʻyobga chiqsin, – deya saylga yigʻilganlarni mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov muborakbod etdi.

photo_2019-03-21_18-27-23.jpg

Bayram davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari oʻrtasida “Mohir oshpazlar”, “Bahoriy gullar”, “Sumalak sayli” nomli koʻrik-tanlovlar oʻtkazilgan boʻlsa, Navroʻz saylida tashkil etilgan shaxmat-shashka, stol tennisi, arqon tortish, voleybol, milliy kurash kabi musobaqalar barchaga olam-olam zavq baxsh etdi.

Saylda Mudofaa vazirligi markaziy apparati shaxsiy tarkibi tomonidan lapar, yalla, aytishuvlar ijro etildi. Navroʻz saylining barcha ishtirokchilari polvonlar bellashuvini kuzatish, “Yor-yor” va “Oʻlanlar” aytishuvlarida qatnashish imkoniga ega boʻldi.

photo_2019-03-21_18-27-32.jpg

photo_2019-03-21_18-27-34.jpg

Taʼkidlash kerakki, bu kabi bayram sayllari respublikamizning barcha viloyatlarida keng nishonlanmoqda. Bayram tadbirlari dala oʻquv mashgʻulotlari maydonida ham bir necha kun boʻlib oʻtadi.