Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston aholisi yarim yilda 286,5 ming kishiga oʻsdi
08:18 / 2020-07-30

Oʻzbekiston aholisi 2020-yilning 1-iyul holatiga koʻra, 34 million 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga oʻsgan.


Oʻzbekiston aholisi 2020-yilning 1-iyul holatiga koʻra, 34 million 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga oʻsgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, aholining 17 million 195,9 ming kishisi erkaklar va 16 million 995,8 ming kishisi ayollarni tashkil etgan.

Jami aholidan 17 million 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 million 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.

6 oy mobaynida 75,5 mingta nikoh qayd etilgan boʻlsa, afsuski 12,8 mingta ajrim holati kuzatilgan.