Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – AEXA: hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda
16:45 / 2019-08-19

Atom energiyasi xalqaro agentligi direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdi.


Atom energiyasi xalqaro agentligi direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston va mazkur xalqaro tashkilot yigirma besh yildan buyon samarali hamkorlik qilib keladi.

Mixail Chudakov ko‘p yillik hamkorlik samarasini, Yadro fizikasi instituti faoliyatini yuksak baholadi.

Atom energiyasi xalqaro agentligi va Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlik missiyasi o‘z ishini boshladi. Shuningdek, 3 kun davomida atom energetikasini rivojlantirish masalalarida amaliy ko‘rsatmalar beriladi.

Delegatsiya a’zolari mamlakatimiz Energetika vazirligi va “O‘zatom” agentligida ham bo‘lib, AEXAning kadrlar salohiyatini oshirish va yadroviy infratuzilma yaratish bo‘yicha texnik hamkorlik dasturining O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi doirasida tatbiq etilishi va boshqa masalalarni muhokama etishi rejalashtirilgan.