Oʻzbekiston 2180 tonnadan ortiq yongʻoq eksport qildi
Mamlakatimizda joriy yilning 9 oyi davomida 12,2 million AQSH dollari qiymatidagi 2180 tonnadan ortiq yongʻoq eksport qilindi.
Mamlakatimizda joriy yilning 9 oyi davomida 12,2 million AQSH dollari qiymatidagi 2180 tonnadan ortiq yongʻoq eksport qilindi.
Bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan mazkur eksportning 32 foizi Qirgʻiziston, 9 foizi Rossiya, 9 foizi Belorus va 8 foizi Iroq davlatiga toʻgʻri keladi.
Shuningdek, joriy yilda yurtimizdan ilk bora Vengriya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Shveysariya va Germaniyaga yongʻoq eksporti yoʻlga qoʻyildi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.