Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston 2030 yilgi Osiyo oʻyinlari mezbonligiga rasman daʼvogar...mi?
16:27 / 2019-02-25

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti, shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabah yurtimizda mehmon boʻlib turibdi.


Xabar berganimizdek, shu kunlarda Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti, shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabah yurtimizda mehmon boʻlib turibdi. Martabali mehmonga tashrif davomida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo oʻyinlari-2018 direktori Haydar Farmon hamda Osiyo Olimpiya kengashi kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti, shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabah oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda AIBA prezidenti Gʻofur Rahimov ham ishtirok etdi. Unda tomonlar 2030 yilgi XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini Toshkent hamda Samarqand shaharlarida oʻtkazish masalasini muhokama qilishdi.

photo5449436105981143568.jpg

Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qilish mexanizmi, oʻyinlar translyatsiyasi va boshqa masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Taʼkidlash joiz, XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini qabul qilish uchun Oʻzbekistondan tashqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi qitʼamizning rivojlangan davlatlari ham daʼvogarlik qilmoqda.

photo5449436105981143569.jpg

Uchrashuvda Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun imkoniyatlar yuqori ekanligi, hattoki bu borada maʼlum darajada ustunlikka egaligini ham taʼkidladi. Martabali mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek sportga qaratilayotgan eʼtibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib oʻtdi. Qolaversa, Oʻzbekiston bungacha Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilmaganligi, bu esa musobaqa geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishi va bu kurashda yurtimizning imkoniyatlarini yaxshigina oshirishi qayd etildi.

Muzokaralar yakuniga koʻra, Oʻzbekiston MOQ Osiyo Olimpiya kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo oʻyinlari-2030 mezbonligi boʻyicha oʻz taqdimotini oʻtkazishiga kelishib olindi.