Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar eʼtirof etildi
07:03 / 2020-10-25

Muxtasar aytganda, Oʻzbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi diniy-maʼnaviy sohadagi islohotlarning yangi bosqichini oʻrganishga imkon beradi”, deb yozadi gazeta.

Oʻzbekiston dunyo nigohida

Misr Arab Respublikasining har kuni qariyb 2 million nusxada chop etib kelinayotgan nufuzli “Al-Xabar al-youm” (“Kun xabari”) gazetasida “Oʻzbekistonda Imom al- Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy- tadqiqot markazi tashkil etildi” sarlavhali maqola (https://alkhabaralyoum.com/index.php/more/tech/21994) chop etildi.

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida yana bir nufuzli ilm-maʼrifat maskani tashkil etilgani keng yoritilgan.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar keng tahlil etilgan maqolada islom olamidagi buyuk alloma Imom Moturidiy merosini chuqur oʻrganish, yosh avlodni umumiy ezgu insoniy gʻoyalar ruhida tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ushbu markaz faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi haqida soʻz boradi.

Maqolada aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari boʻlgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish kabi muhim masalalarga eʼtibor qaratiladi.

“Qaror matnida markaz va muassasalar oʻrtasida samarali xalqaro hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsatilgan. Muxtasar aytganda, Oʻzbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi diniy-maʼnaviy sohadagi islohotlarning yangi bosqichini oʻrganishga imkon beradi”, deb yozadi gazeta.

Darhaqiqat, Moturidiy merosi islom dinining asl fitratini namoyon qilib, jahon tamadduniga katta hissa qoʻshadigan noyob manba hisoblanadi. Zero, bu kabi bebaho maʼnaviy mahzanni oʻrganish va uni keng jamoatchilikka yetkazishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.