Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek xalq ertaklari taqdimoti Germaniyada o‘tkazildi
09:21 / 2019-11-14

Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakilligi hamkorligida o‘zbek xalq ertaklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakilligi hamkorligida o‘zbek xalq ertaklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirga nemis maktablarida ta’lim olayotgan 80 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi. Bu tadbir ayni paytda Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Berlin ertaklar haftaligi“ doirasida tashkil etildi.

Ertaklar haftaligiga bundan 30 yil oldin asos solingan. 1989 yilda Berlin devorining tinchlik yo‘li bilan yiqitilishi Germaniya tarixida o‘z o‘rniga ega. Hech qanday qon to‘kilishisiz ikki nemis davlatlari birlashgan yilda tashkil qilingan Berlin ertaklar haftaligining asosiy shiori „Ertaklar chegara tanlamas“ bo‘lib, shu kunga qadar turli davlatlar, tillar va ertaklarni bir biriga bog‘lash uchun ajoyib ko‘prik vazifasini egallab kelmoqda.

Shu munosabat bilan o‘zbek xalq ertaklari orqali O‘zbekistonning boy madaniyati va tarixi ham kichik ertaksevar kitobxonlarga namoyish etildi. Jumladan, „Zumrad va Qimmat“ va boshqa o‘zbek xalq ertaklari nemis tilida o‘qib berildi.