Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi ortmoqda
12:22 / 2020-09-25

Oʻzbekiston jahon hamjamiyatida tobora oʻz soʻzi va oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda.


Oʻzbekiston jahon hamjamiyatida tobora oʻz soʻzi va oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda. Oʻzbek tili necha yillar davomida oʻta mashaqqatli, ogʻir sinovlarni boshdan kechirganiga qaramay, tarixiy buyukligini yoʻqotmadi va yana qad rostlamoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida oʻzbek tilida soʻzlagan nutqi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” dadil ildamlayotganimizni yana bir isbotladi. BMT tarixida ilk marotaba Oʻzbekiston rahbari oʻzbek tilida nutq soʻzladi. Bu – yurt uchun, oʻzbek millati, shaʼni, gʻururi va ozodligi uchun kurashgan Isʼhoqxon Ibrat, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy singari maʼrifatparvar, millatparvar yurtdoshlarimizning orzusi edi. Yurtimiz ozodligi va erkinligi yoʻlida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda oʻz jonini fido qilgan ota-bobolarimizning ruhi shod boʻlsin

Davlatimiz rahbari bu safargi nutqida ham xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega bir qator muhim masalalar yuzasidan tashabbuslar bilan chiqdi. Xususan, dunyoda tinchlik hamda barqarorlikni ¬mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, global iqlim oʻzgarishi, jahon boʻylab oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish masalalarini oʻrtaga tashladi. Shavkat Mirziyoyevning nutqi yaqinda mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanadigan “Oʻzbek tili bayrami kuni” oldidan Davlat tiliga, uning taqdiriga boʻlayotgan ulkan eʼtibor namunasidir.

Muxtasar qilib aytganda, mazkur nutq Oʻzbekistonda uchinchi renessans davriga mustahkam poydevor qoʻyilganini yana bir bor amalda isbotladi. Milliy yuksalish davri talablari sharoitida Oʻzbek tilining jamiyatdagi va xalqaro maydondagi oʻrni hamda obroʻsini oshirish boʻyicha maqsadli ishlarga start berildi. “Yangi Oʻzbekiston” – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Mamlakatimizda har bir sohada yangicha fikrlash, yangicha yondashuv, yaratuvchanlik koʻzga tashlanmoqda. Bu biz uchun yuksak iftixordir.

Nurali Rizaqulov,

“Asaka” ATB Boshqaruv Raisi

maslahatchisi