Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalar qonunchilikka joriy etiladi
12:15 / 2019-12-21

Qaror loyihasida komissiyaning asosiy vazifalari belgilanadi.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaror loyihasi joylashtirilgan.

Qaror loyihasida komissiyaning asosiy vazifalari belgilanadi.

Unga koʻra, komissiya ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushunchalar va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanishi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishi taʼminlanadi;

boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga muvofiq tahrir qilinadi;

oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilikka joriy etadi va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganib, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlari aniqlaydi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari boʻyicha maslahatlar beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzolarining roʻyxati:

Shuhrat Tursunovich Rizayev — “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari, filologiya fanlari nomzodi, komissiya raisi
Minhojiddin Mirzajonovich Hojimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, komissiya raisi oʻrinbosari

Shuhrat Samardinovich Sirojiddinov
— Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, komissiya raisi oʻrinbosari

Murtazo Mamatqulovich Qarshiboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri

Abdusamat Ernazarovich Rahimov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

Abdugʻappor Karimjonovich Qirgʻizboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, tarix fanlari doktori, professor

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidan vakil

Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov —Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

Sirojiddin Saloxovich Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri

Nizomiddin Mamadaliyevich Mahmudov — OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor

Azamat Hamidovich Ziyoyev — OʻzRFA Tarix instituti direktori, tarix fanlari doktori

Nurislom Toʻxliyev — Xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori

Eshqobil Joʻrayevich Shukurov — “Maʼnaviy hayot” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir

Ibrohim Usmonovich Gʻafurov — Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, adib, tarjimon

Xurshid Nabiyevich Doʻstmuhammadov — Filologiya fanlari doktori, yozuvchi

Abduvahob Pattaxovich Madvaliyev — OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari nomzodi

Mirza Toʻychiyevich Kenjaboyev — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, shoir

Muhammat-Ali Ahmedov — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

Inomjon Mamasodiqovich Azimov — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti fakultet dekani, filologiya fanlari nomzodi

Bahodir Nurmetovich Karimov — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

Erkin Normamatovich Aʼzamov — “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

Durdona Siddiqovna Xudoyberganova — OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori

Nodirjon Jonuzoqovich Xolbutayev — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari

Isajon Abdurayimovich Sultonov — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi
Zaynobiddin Sharobiddinovich Abdirashidov — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, PhD

Toʻra Mirzayev — OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

Yorqinjon Raxmonaliyevich Odilov — OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori

Jabbor Xolovich Eshonqulov — Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori

Shuhrat Norqizilovich Koʻchimov — Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari doktori

Ibrohim Joʻrayevich Yuldoshev — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor

Maʼrufjon Muhammadjonovich Yuldoshev — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti, filologiya fanlari doktori

Baxtiyor Rajabovich Mengliyev — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori

Hamidulla Boltaboyev —Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori

Qosimjon Pozilovich Sodiqov — Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori, filologiya fanlari doktori

Hadicha Sobirovna Muhitdinova — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori; filologiya fanlari nomzodi

Gʻaybulla Bolliyevich Boboyorov — Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, tarix fanlari doktori

Omonulla Boʻriyev — OʻzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori

Aʼzam Abdulla — Fizika-matematika fanlari doktori, akademik

Ahmadjon Meliboyev — “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri

Ravshan Jomonov — Xoreografiya oliy maktabi oʻqituvchisi, filologiya fanlari nomzodi

Abdusattor Jumanazarov — OʻzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Qoʻlyozmalar instituti katta ilmiy xodimi, adabiyotshunos

Isroil Usmonovich Shamsimuhamedov — Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, filologiya fanlari nomzodi

Komiljon Sharobitdinovich Tojiboyev — OʻzRFA Botanika instituti direktori, biologiya fanlari doktori, akademik

Shavkat Abdullayevich Ayupov — OʻzRFA Matematika instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik

Shuhrat Abdumanopovich Egamberdiyev — OʻzRFA Astronomiya instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik

Hotam Baxranovich Ashurov — OʻzRFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori

Baxtiyor Sobirjonovich Zokirov — OʻzRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori

Rixsi Isaxoʻjayevich Isayev — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori

Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injinering fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi

Gulshan Asadovna Asilova — Bojxona instituti professori, filologiya fanlari doktori

Abbosxon Sobirxonovich Toʻrayev — OʻzRFA Biorganik kimyo instituti direktori oʻrinbosari, kimyo fanlari doktori, akademik

Doniyor Sultonboyevich Yaxshiboyev — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injinering fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi

Sodiqjon Xoliqnazarovich Abdunazarov — OʻzRFA Botanika bogʻi direktori, geografiya fanlari nomzodi.