“Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi Taekvondo WTF assotsiatsiyasining sport zalida “Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi tashkil qilindi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi Taekvondo WTF assotsiatsiyasining sport zalida “Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Koʻrgazma sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda shaffof tizimni yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab quvvatlash, ular orasida eng ilgʻor sifat koʻrsatkichi yuqorilarini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, unda 15 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona oʻzlarining 90 dan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Koʻrgazma ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev soʻzga chiqib, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilot rahbarlariga sport jihozlarini ishlab chiqarishda, uning sifatiga alohida eʼtibor qaratish lozimligini, sport muassasalari sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda avvalo shu jihatga eʼtibor qaratilishi taʼkidladi.
Joriy yilda Respublikamizdagi sport inshootlari uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 90 turdagi 30 mlrd. soʻmlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, gʻoliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yoʻlga qoʻyiladi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar mazkur koʻrgazmada ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati