Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek raqsi sehrini Yaponiyaga tanitgan Aiko
14:45 / 2019-12-18

Yaponiyadagi “Raqs san’ati” akademiyasi xoreografi Aiko Takiuchi 20 yoshidan raqs san’ati bilan shug‘ullana boshlagan.


Yaponiyadagi “Raqs san’ati” akademiyasi xoreografi Aiko Takiuchi 20 yoshidan raqs san’ati bilan shug‘ullana boshlagan. U yapon milliy va zamonaviy raqslarini puxta o‘zlashtirgach, Hindiston, AQSh, Misr, O‘zbekiston va boshqa arab mamlakatlarida urf bo‘lgan raqslarni o‘rganadi.

“O‘zbekkino“ milliy agentligi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Aiko Takiuchi mamlakatimizga 2011 yil tashrif buyurgan. U birinchi kelishidanoq yurtimizning urf-odatlari, madaniyati va san’atiga oshufta bo‘lib qoladi. Ayniqsa, “Tanovar”, “Munojot” va “Lazgi” kabi mashhur raqslar harakatlari, imo ishoralari uni o‘ziga maftun etadi. Shu tariqa Aiko o‘zbek milliy raqslarini o‘rganishni boshladi.

Keyinchalik Aiko mohir raqqosalar Gulmira va Dilorom Madrahimovalardan o‘zbek raqs sirlarini o‘rgandi va o‘zi ham mohir raqqosa sifatida tanildi. Aiko o‘zbek milliy kiyimlarida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona va Surxondaryo raqslarini ijro etganida uni hech kim yapon qizi ekanligini bilmay, o‘zbek qizlaridan biri deb o‘ylashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Aiko Takiuchi Yaponiyada “Buyuk ipak yo‘li” nomli o‘zbek raqs va “Shirin” bolalar raqs ansambilini tuzgan. Ayni paytda uning raqs dastalariga Yaponiyaning turli viloyat va shaharlaridan o‘zbek milliy raqslarini o‘rganish uchun yangi-yangi havaskorlar kelmoqda.