Oʻzbek olimlari yaratgan test tizimining 100 ming donalik partiyasi viloyatlarga yuborilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida 100 ming dona test tizimini oʻz ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida 100 ming dona test tizimini oʻz ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi. Ulardan 40 ming donasi Jizzax, Andijon va Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentlik laboratoriyalariga hamda Respublika sanitariyao-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirildi. Qolgan 60 mingtasi ham boshqa viloyatlarga chiqariladi.
COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi 227 mamlakatga tarqalgan boʻlib, koronavirusni aniqlovchi test sistemalariga kun sayin talab ortib bormoqda. Koronavirusni oʻz vaqtida aniqlash davolash muolajalarini erta yoʻlga qoʻyish, kasallik olib keladigan asoratlarni bartaraf etish, kasallikning tarqalishini oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda SARS-CoV-2 koronavirusni aniqlovchi ekspress, IFA, PZR testlari mavjud boʻlib, PZR (polimer zanjir reaksiyasi) testi analoglariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega. Shu kungacha respublikamizga PZR testi import qilinib kelinmoqda va borgan sari unga boʻlgan talab ortib bormoqda.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda kuniga 20 000 test oʻtkazilishga talab mavjud. Ilgʻor texnologiyalar markazi olimlari tomonidan yaratilgan test sistemasi Markazning startaplaridan biri boʻlgan “Biotest- LAB” MCHJ tomonidan ommaviy ishlab chiqarishga qoʻyildi. Startap har hafta 100 mingtagacha test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda kuniga 20 000 test oʻtkazilishga talab mavjud. Ilgʻor texnologiyalar markazi olimlari tomonidan yaratilgan test sistemasi Markazning startaplaridan biri boʻlgan “Biotest- LAB” MCHJ tomonidan ommaviy ishlab chiqarishga qoʻyildi. Startap har hafta 100 mingtagacha test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
“Biotest- SARS-CoV-2” reagentlar toʻplami oʻtkir respirator sindrom COVID-19 ni qoʻzgʻatuvchi SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini “real vaqt” rejimida PZR usulida burun-halqum shilliq pardasida aniqlash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu toʻplam yangi koronavirus genomining ikki sohasida - RdRP va N genlarida COVID-19 oʻtkir respiratorli infeksiyani klinik va diagnostik tekshirish uchun moʻljallangan, test natijalari qoʻshimcha tasdiqlashni talab qilmaydi. Mahalliy PZR test sistemasiga reaksiyalarning sifatini tekshiruvchi koʻrsatkichlar ham kiritilgan. Bu ekspress-test emas, balki toʻlaqonli test boʻlib, natijalar 5-6 soatdan keyin aniq boʻladi hamda faqat maxsus laboratoriyalarda qoʻllash mumkin.
“Biotest - SARS-CoV-2” reagentlar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligida 2020-yil 7-mayda roʻyxatga olingan (roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi TB/IVI 00395/05/2CYU-sonli guvohnoma). Bugungi kunda mazkur Agentlikda roʻyxatga olingan yagona test-sistemasidir.
Taʼkidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining bir guruh olimlari tomonidan mart oyi boshida hukumat topshirigʻiga koʻra virusning butun dunyo boʻylab tarqalayotgani, virusning Oʻzbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test sistemasini ishlab chiqish ustida ish boshlashdi. Oʻshanda olimlar ikki oy davomida test-sistema ustida ishlab, aprel oxirigacha 50 ming dona test sistemasini topshirishni rejalashtirilgan edi.
Haqiqatan ham tadqiqotchilarimiz COVID-19 virusi genomining ikki uchastkasining PZR usulidagi tahlilga asoslangan test sistemasini ishlab chiqishdi. Mazkur test sistemasi barcha klinik sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, vaʼda qilinganidek, aprel oxirigacha barcha sinovlardan oʻtgan 50 ming dona test sistemasi Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirildi.