Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek chavandozlari Markaziy Osiyoda tengsiz...mi?!
21:37 / 2019-04-30

Yaqinginada mamlakatimiz ot sporti boʻyicha nufuzli musobaqa – “FEI Jumping Childrenʻs Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogining final bosqichiga mezbonlik qilgandi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida yana bir yirik halqaro musobaqa tashkil etildi. Bu ham boʻlsa Xalqaro ot sporti federatsiyasining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak ishonchidan nishona.


Yaqinginada mamlakatimiz ot sporti boʻyicha nufuzli musobaqa – “FEI Jumping Childrenʻs Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogining final bosqichiga mezbonlik qilgandi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida yana bir yirik halqaro musobaqa tashkil etildi. Bu ham boʻlsa Xalqaro ot sporti federatsiyasining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak ishonchidan nishona.

Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan anʼanaviy jahon kubogi bosqichi Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslarida bu safar ham yurtimiz chavandozlari bilan bir qatorda qoʻshni Qozogʻiston va qirgʻizistonlik chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Uch kun davom etgan musobaqalarda hamyurtlarimiz oʻzlariga bildirilgan ishonchni toʻla oqladi, deyishga asoslar yetarli. Zotan, uch kun davomida ham oʻzbekistonlik chavandozlar oʻz muxlislarini xushnud etishdi, faqat Millatlar kubogi musobaqasi bundan mustasno.

photo5353021400220281549.jpg

Darvoqe, jahon kubogi bosqichi doirasida oʻtkazilgan Millatlar kubogi bahslarida bu safar Markaziy Osiyoning doimiy uch vakilidan tashqari Belorus hamda Rossiyadan ham yosh va iqtidorli sportchilar oʻz omadini sinab koʻrdi. Mazkur yoʻnalishdagi musobaqalarda yurtimiz sharafini Xurshid Olimjonov, Feruz Abdullayev, Bekzod Qurbonov hamda umidli sportchimiz Saidamirxon Turgʻunboyevlar himoya qildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarda omad bu safar Qirgʻiziston terma jamoasi aʼzolariga kulib boqdi. Biznikilar ikkinchi, Qozogʻiston terma jamoasi esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Rossiya va Belorus vakillarining esa yurtimizga tashrifi omadsiz chiqdi. Ammo, ushbu yoʻnalishda munosib qatnashgan 18 yoshli chavandozimiz S.Turgʻunboyev Xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Bundan koʻrish mumkinki, oʻzbek ot sportining ertasi ishonchli qoʻllarda.

Jahon kubogi bosqichining Gran-pri musobaqalari ham oʻta murosasiz kechdi. Unda omad hamyurtimiz Bekzod Qurbonovga nasib etdi. Terma jamoamiz sardori va oʻzbek ot sporti faxri boʻlmish Gʻayrat Nazarov esa kumush medalga sazovor boʻldi. Qirgʻizistonlik mashhur sportchi Kamil Sabitov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ot sporti boʻyicha jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi ikkinchi bosqichiga 24-26 may kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahri mezbonlik qiladi. Hal qiluvchi uchinchi bosqich bellashuvlari esa Osiyo chempionati hamda olimpiada saralash turnirlari yaqinlashib qolgani sababli kuz fasliga, aniqrogʻi sentyabr oyiga qoldirildi.

Eslatib oʻtamiz, jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari uchta bosqichda tashkil etiladi. Barcha bosqichlarda maksimal yuqori natija qayd etgan chavandoz va oti jahon kubogining final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

photo5353021400220281548.jpg

photo5352776711638461154.jpg