Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek avtomobili – “RAVON” Rossiyada gʻalaba keltirdi
23:18 / 2019-05-23

Rossiya Federatsiyasining Bogorodsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod xalqasi” poyga yoʻlida Rossiya “Xalqa” chempionatining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi.


Rossiya Federatsiyasining Bogorodsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod xalqasi” poyga yoʻlida Rossiya “Xalqa” chempionatining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi. Unda “RAVON Racing Team” jamoasi oʻzining ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

“RAVON Racing Team” jamoasi poygaga maxsus tayyorlangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ikkita “Ravon Nexia R3” avtomobillarida “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport” kabi nomdor jamoalar bilan raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz oʻtgan poygada “Ravon Nexia R3”ni boshqargan Yefim Gantmaxer “Turing layt” klassining yetakchisi, tajribali poygachi, 5 karra Rossiya chempioni Vladimir Cherevandan gʻalabani ilib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, “RAVON Racing Team” avtomobillari Samara shahrida joylashgan “TEAM80 Motorsport Engineering” injenerlari tomonidan poyga uchun maxsus tayyorlandi.