Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro hamkorlik o‘rnatish uchun qulay maydon
16:15 / 2015-11-02

Poytaxtimizda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davom etmoqda.

Poytaxtimizda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davom etmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu forum mamlakatimiz sanoati salohiyatini izchil yuksaltirish, iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik yangilash, ular o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va bu orqali ishlab chiqarish hajmini muttasil oshirishga xizmat qilayotir.

Bu jihat ko‘nchilik sanoati rivojida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ko‘plab yangi korxonalar tashkil etilib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Bugun bozoru do‘konlar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan poyabzallar bilan to‘la. Ular import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham yo‘naltirilmoqda.

“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi pavilyonida ana shunday sifatli, bejirim va chiroyli mahsulotlar namoyish etilmoqda. Charmdan tayyorlangan keng turdagi buyumlar – ayollar va erkaklar poyabzallari, maxsus oyoq kiyimlar, sport anjomlari, sumkalar ishtirokchilar e’tiborini tortmoqda.

– 2012-yilda tashkil etilgan korxonamiz barcha mavsumga mo‘ljallangan poyabzallar ishlab chiqaradi, – deydi «Khanabad–Seul» O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi direktori Azamat To‘xtasinov. – Bejirim va ko‘rkam, yuqori sifatli mahsulotlarimizga talab yil sayin oshib bormoqda. Bu esa mahsulot turini kengaytirishni talab etmoqda. Mahsulotlarimizni chet elga eksport qilish bo‘yicha qator mamlakatlar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ushbu kooperatsiya birjasi biz uchun g‘oyat samarali bo‘layotir.O‘tgan yilgi sanoat yarmarkasida besh yuz million so‘mdan ortiq o‘n to‘rtta shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lgan edik. Bu gal ushbu ko‘rsatkichni bir milliard so‘mga yetkazishni maqsad qilganmiz. 

20.JPG

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, keng imkoniyatlar, soliq va boj imtiyozlari turli davlatlar ishbilarmonlarining O‘zbekistonda biznes faoliyatini kengaytirishga qiziqishini tobora kuchaytirmoqda. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida ko‘plab chet ellik ishbilarmonlar mamlakatimiz sanoat salohiyati, yurtimiz korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

– O‘zbekiston bozori xorijiy ishbilarmonlar uchun g‘oyat istiqbolli, – deydi Chexiyaning «Original Technologies» kompaniyasi menejeri Svetlana Naumenko. – Ushbu sanoat yarmarkasi O‘zbekiston sanoatining ulkan salohiyatini namoyish etmoqda. Kompaniyamiz Karlovi Varining shifobaxsh mineral suvlarini qadoqlashga ixtisoslashgan. Mahsulotimiz ko‘plab xastaliklarga davo bo‘ladi. Forumda o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan o‘zaro foydali muzokaralar o‘tkazish imkoniga ega bo‘layotganimizdan juda mamnunmiz.

Sanoat anjumani doirasidagi kelishuvlar mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotir.