Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OʻzAning “Bir quti saxovat!” aksiyasi davom etmoqda
13:58 / 2020-05-03

Aksiya doirasida saxovatpesha yurtdoshlarimizdan kelib tushgan xayriya mablagʻi miqdori 20 million soʻmga yaqinlashdi.


Aksiya doirasida saxovatpesha yurtdoshlarimizdan kelib tushgan xayriya mablagʻi miqdori 20 million soʻmga yaqinlashdi.

Oʻz uyini tashlab chiqqan sirdaryoliklarga zarur kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa zarur vositalar olib kelayotganlar ham koʻpchilikni tashkil etmoqda.

Aksiyada tushayotgan mablagʻ va boshqa mahsulot va buyumlarning oʻz egalariga yetkazilishida oshkoralikni taʼminlash uchun telegramda https://t.me/uzayordam kanali ishga tushirildi.

Eʼtirof etib oʻtish kerakki, ushbu ezgu xayriya ishlariga saudiyalik, ayni paytda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan saxovatpesha bir inson 2000 AQSH dollari miqdorida hissa qoʻshdi.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi 2020-yil 1-may kuni oʻpirilib, yuzlab yurtdoshlarimiz boshpanasiz qoldi. Ular bugun yordamga muhtoj. Har birimiz alohida muammolarni yecha olmasligimiz mumkin, lekin biz birlashsak katta kuchga aylanamiz!

Shu maqsadda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi - OʻzA jamoasi “Bir quti saxovat!” aksiyasini oʻtkazmoqda.

Aksiyada yurtdoshlarimiz faol ishtirok etayotir! Mablagʻ bilan birga kiyim-kechak va boshqa zarur vositalar berayotganlar koʻpchilik.

Siz ham biz bilan birga “Bir quti saxovat!” aksiyasiga qoʻshiling!

Buning uchun OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda Sirdaryodagi ofat jabrdiydalariga yordam aksiyasiga qoʻshilib, yurtoshlaringiz dasturxoniga oziq-ovqatlar (shirinliklar, guruch, yogʻ, un, tuxum kabilar), gigiyenik vositalar (salomatlik va kir yuvish vositalari, bolalar uchun kerakli buyumlar va h.k.), kiyim-kechaklar, bolalar uchun oʻyinchoqlar yuborishingiz mumkin.

Tuhfalaringizni olib kelish imkoningiz boʻlmasa, oʻzimiz borib, olamiz.

Pul oʻtkazish orqali yordam bermoqchi boʻlsangiz quyidagi plastik karta raqamiga mablagʻ oʻtkazishingiz mumkin:

8600 0202 7926 1981

(Karta aksiyada koʻngilli sifatida ishtirok etayotgan Roʻziboyeva Muattarga tegishli.)

Chet elda yordam qilmoqchi boʻlganlar uchun UnionPay 6262470096849588

(Karta aksiyada ishtirok etayotgan muxbirimiz Nozima Toshpoʻlatovaga tegishli)

Shuningdek, yordamga muhtoj jabrdiydalar ham biz bilan bogʻlanishlari mumkin.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Buyuk Turon koʻchasi 42.

Muxbirlarimiz sizning qoʻngʻirogʻingizga javob berishadi:

Telefonlar:

(91) 137 30 82,

(90) 959 76 62,

(90) 320 46 10,

(93) 571 72 35,

(93) 577 05 82,

(90) 333-90-96

Savollar uchun — telegram manzil @UzA_pochta, uzauz@yandex.ru pochta manzili ham ishlab turibdi.

Sizning “Saxovat qutingiz” oʻz egalariga yetib borishi kafolatlangan! Hisobotlar uza.uz sayti va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muntazam berib boriladi!