Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OʻzA tanqididan soʻng tadbirkorga yer ajratildi
20:43 / 2020-06-08

OʻzAdagi tanqidiy chiqishdan soʻng masala ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan tenderga asosan uning foydasiga hal etildi.


Joriy yil 14-may kuni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi www.uza.uz saytida chop etilgan “Fermerlik qilaman degan fuqaroga nega yer berilmayapti?” sarlavhali tanqidiy maqolada koʻtarilgan masala Arnasoy tuman hokimligi tomonidan oʻrganilib, ijobiy yechim topildi.

Arnasoy tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini Amir Qoʻnishev koʻchasi 11-uy 1-xonadonda yashovchi fuqaro Maʼmura Hamidova 2019-yil noyabr oyida tuman hokimiga chorvachilikni rivojlantirish istagi borligini bildirib, “Xorazm” suv isteʼmolchilari uyushmasiga qarashli 18-konturdagi yer maydonini berishni soʻrab murojaat qilgan. OʻzAdagi tanqidiy chiqishdan soʻng masala ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan tenderga asosan uning foydasiga hal etildi.

Tomonlarning kelishuviga koʻra, qaynogʻasi Baxtiyor Umurzoqov nomiga Arnasoy tuman hokimining 2020-yil 4-apreldagi 595-sonli qarori asosida “Gʻallachilik va sabzavotchilik” yoʻnalishi boʻyicha fermer xoʻjaligini yuritish uchun 18-va 84-konturlardagi jami 59 gektar yer maydoni ajratib berildi.

Murojaatchi Maʼmura Hamidova tender xolis va haqqoniy oʻtkazilganini taʼkidlab, hech qanday daʼvosi yoki eʼtirozi yoʻqligini bildirdi.

Arnasoy tuman hokimligi
Axborot xizmati