Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OʻzA maxsus muxbirlari Soʻxdan xabar qiladi: bir kunda 500 nafardan ziyod soʻxlik aholi ish bilan taʼminlandi
20:35 / 2020-06-11

Fargʻona viloyatidagi tashkilot va boshqarmalar vakillari Soʻx tumanida boʻlib, aholini ishga joylashtirish choralarini koʻrmoqda.


Fargʻona viloyatidagi tashkilot va boshqarmalar vakillari Soʻx tumanida boʻlib, aholini ishga joylashtirish choralarini koʻrmoqda.

Bugun kun boʻyi tashkil etilgan yoshlar mehnat yarmarkasida 500 nafardan ziyod soʻxliklar taʼlim, tibbiyot, kommunal sohalariga ishga joylashdi.

Viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimovning aytishicha, bu kabi ishlar bir kunlik emas, balki tizimli davom ettirilib, ishsizlik darajasi kamayishiga erishiladi. Xususan, tumanda 27 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 6 ta oilaviy bogʻcha faoliyat koʻrsatmoqda. Afsuski, bolalarni qamrovi 31 foizni tashkil etmoqda xolos. 

photo_2020-06-11_20-33-13.jpg

Shu bois joriy yilda koʻplab nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etish va qamrovni koʻpaytirish belgilangan. Albatta, bu qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.

Mehnat yarmarkasida 30 nafar kishi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga joylashtirildi. Devayron qishlogʻilik Nigina Yoʻlchiyeva 15-maktabgacha taʼlim tashkilotiga tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilindi. Jamoat ishlariga ham yuzdan ortiq yoshlar jalb etildi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Ahadjon Akbarov shu yerda soʻxlik yoshlar bilan muloqot qildi. Ularni qiynayotgan muammolarni tingladi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan soʻxlik yoshlarga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun 500 ta kvotaning ajratilgani yuksak eʼtibor boʻlganligi eʼtirof qilindi. Yoshlar bu ishonchni oqlash uchun ulkan maqsadlar bilan intilayotganligini taʼkidladi.