OʻzA koʻzgusida Andijon viloyati aks etadi...
Andijon mamlakatimizning oʻziga xos goʻzal va ohangrabo maskanlaridan biri.
2019-yilgi islohotlar samaralari raqam va fotofaktlarda
Andijon mamlakatimizning oʻziga xos goʻzal va ohangrabo maskanlaridan biri. U dunyoga mashhur olimu shoirlar, zukko va omilkor insonlar, mirishkor dehqonu qilni qirq yoradigan tadbirkorlar zamini.
Andijon shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur, shoirai davron Nodirabegim, oʻtgan asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Choʻlpon, el suygan sanʼatkor Abbos Bakirov singari yuzlab mashhur insonlarga beshik boʻlgan yurtdir.
Andijon rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, boy mehnat resurslari, dehqonchilik bobidagi oʻziga xos tajriba maktabi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida oʻrin tutadi. Viloyatda qishloq xoʻjaligi, avtomobilsozlik, yengil sanoat, farmatsevtika sohalari rivojlangan.
Andijon viloyati 1941-yil 6-martda tashkil topgan. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 4,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 3 million 300 ming nafardan ziyod. Viloyat hududida Andijon, Xonobod shaharlari hamda 14 ta tuman tarkibida 885 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud.
Viloyat hududida joylashgan Sarvontepa, Mingtepa, Dalvarzintepa, Qoʻshtepa singari yodgorliklar yurtimizning qadim tarixi haqida keng maʼlumotlar beruvchi noyob yodgorliklar hisoblanadi. Birgina Mingtepa yodgorligida Oʻzbekiston — Xitoy qoʻshma ilmiy ekspeditsiyasi olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qadim davrlarga oid minglab osori-atiqalar topildi.
Oʻzbekistonning barcha hududlarida boʻlgani kabi bu viloyatda ham yakunlanayotgan 2019-yilda katta oʻzgarishlar yuz berdi.
***
Hududlarni rivojlantirish dasturi doirasida bugungi kunga qadar 3,2 trillion soʻm investitsiya oʻzlashtirilishi hisobiga 611 ta loyiha amalga oshirildi. Buning hisobidan 16 ming 897 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
***
2019-yil yakuni boʻyicha viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini 106,4 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda.
***
Tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish, aholini tadbirkorlikka jalb etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda viloyatda 27 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ularning 6059 tasi joriy yilda tashkil etildi.
***
Ayni kunda 312 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda, ular tomonidan 27,4 million dollar miqdordagi mahsulot eksport qilindi.
***
2019-yilda 290 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobiga 128 ta loyiha amalga oshirildi. Eksportyor korxonalar tomonidan 189,9 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlar dunyoning 26 davlatiga eksport qilindi.
***
2019-yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi chogʻida hududni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli tarixiy rejalar tasdiqlandi. Jumladan, 2019-2020-yillarga moʻljallangan viloyatning investitsiya dasturi ishlab chiqildi. Dasturga asosan, ikki yil davomida qiymati qariyb 25 trillion 181 milliard soʻm yoki 3 milliard dollarga teng 908 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 35 ming 500 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.
***
Oʻttizdan ortiq davlatlardan 350 nafarga yaqin investorlar qatnashgan “Open-Andijan” I Xalqaro investitsion Forumi oʻtkazildi. Forum doirasida jami 405 million dollar miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri 22 ta, shuningdek, 60 million dollarga teng 12 ta eksport shartnomasi imzolandi.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” farmoniga asosan mazkur hududda qator loyihalar ishga tushirildi. Jumladan, yiliga 10 million flakon insulin dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod ish boshladi.
***
“Andijonmash” aksiyadorlik jamiyati hududidagi sanoat zonasida “Biomediks” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 25 milliard soʻm boʻlgan 120 dan ortiq dori mahsulotlari ishlab chiqarish koʻzda tutilgan loyiha doirasida tabletka, kapsula, svecha, sirop, nastoyka shaklidagi 14 xil turdagi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ish boshladi.
***
Shahar va tumanlarida umumiy maydoni 75,45 gektar boʻlganOʻzA koʻzgusida Andijon viloyati aks etadi...

Shahar va tumanlarida umumiy maydoni 75,45 gektar boʻlgan 11 ta kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy qiymati 201,7 milliard soʻm boʻlgan 102 ta loyiha ishga tushirilib, 98,02 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, 1 ming 857 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
***
Andijonning Bogʻishamol dam olish maskani hududida umumiy loyiha qiymati 12 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan Andijon hayvonot bogʻi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
***
“Andijon” xalqaro aeroporti kapital rekonstruksiya qilinib, faoliyatini boshladi.
***
Joriy yilda viloyat davlatga gʻalla topshirish rejasini 114,2 foizga, paxta sotish rejasini 107,6 foizga bajardi. Har gektar gʻalladan 65,5 sentnerdan, paxtadan 32,5 sentnerdan hosil olindi. Paxtachilik sohasida klaster tizimi joriy etilganligi erishilayotgan yutuqlarda muhim rol oʻynamoqda.
***
Joriy yilda 178 gektar maydonda yangi intensiv bogʻlar barpo etildi.
***
Viloyatdagi 359 ming tonna meva, 65 ming 300 tonna uzum, 1 million 621 ming 800 tonna sabzavot, 144 ming 200 tonna poliz mahsulotlari, shuningdek, 306 ming 100 tonna kartoshka yetishtirildi. Shundan 125 million dollar miqdoridagi meva-sabzavot eksport qilindi.
***
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatdagi tanlab olingan 42 ta mahallada keng koʻlamli qurilish, obodonlashtirish ishlari uchun 282,8 milliard soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan boʻlib, hozirga qadar ana shu yoʻnalishdagi ishlar uchun qariyb 307 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi.
***
Viloyat markazida 14 ta, tumanlarda 49 ta yangi koʻp qavatli uylar, shuningdek, 227 ta 2 sotixli namunali uylar barpo etildi. Ayni kunda viloyatda 761 ta umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab, 84 ta kollej, 5 ta oliy oʻquv yurti hamda 400 dan ziyod davolash-profilaktika muassasalari faoliyat koʻrsatmoqda.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Oʻzbekistonda Sharda universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida Andijon shahrida Sharda universitetining filiali ochildi.
***
Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot, Mashinasozlik institutlari oʻnga yaqin xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuv va memorandumlar imzoladi, ularning ijrosi yuzasidan qator amaliy ishlar bajarildi.
***
Viloyatda 2 ta davlat, 541 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilib, jami viloyatdagi jami maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1 ming 176 taga yetdi. Bogʻcha yoshidagi bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 52,1 foizga yetdi.
***
Viloyatda 9 ta turistik yoʻnalish boʻyicha sayyohlik xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bir vaqtning oʻzida 1 ming nafarga yaqin sayyohni qabul qilish imkoniga ega 16 ta zamonaviy mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda. Shu yilning oʻzida 15 ta mehmon-uy tashkil etildi.
***
Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Xonobod shahrini turizm markaziga aylantirish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Xonobod shahrida katta hajmdagi qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, umumiy loyiha qiymati 120 milliard soʻm boʻlgan “Xontogʻ” sihatgohi qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 3 ming nafar sayyohga moʻljallangan 1 mingdan ortiq dam olish uylari barpo etildi.
***
Uy-joyga muhtoj kam taʼminlangan, ogʻir ijtimoiy vaziyatda yashayotgan va nogironligi boʻlgan 445 nafar xotin-qizga yangi uy-joylar topshirildi.
***
Noyabr oyida Talaba yoshlar xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Forumda mamlakatimizdagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan, shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasidan tashrif buyurgan iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba yoshlar ishtirok etdi.