Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yili birja savdolarida 145,1 kilogramm oltin va kumush sotilgan
10:58 / 2020-02-04

Bu haqida O‘zbekiston respublikasi tovar- xomashyo birjasining matbuot xizmati xabar bermoqda. Shu jumladan, birja orqali 5,5 milliard so‘mlik 12,6 kilogramm oltin sotildi.


Bu haqida O‘zbekiston respublikasi tovar- xomashyo birjasining matbuot xizmati xabar bermoqda. Shu jumladan, birja orqali 5,5 milliard so‘mlik 12,6 kilogramm oltin sotildi. Oltinning birja kotirovkasi 1 gramm uchun 435,2 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 132,5 kilogramm kumush 605,7 million so‘mga yetdi. Kumushning 1 gramm uchun o‘rtacha narxi 4 600 so‘mga teng bo‘ldi.

Joriy yilning yanvarida birja orqali tadbirkorlar 330 million so‘mdan ortiq qiymatida 700 gramm oltinni xarid qildi. Bunda bir gramm oltinning o‘rtacha narxi 476,1 ming so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, qimmatbaho metallar 2019 yil mart oyidan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja savdolari orqali sotila boshlangan.

Qimmatbaho metallarning boshlang‘ich narxi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining birja bitimi tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha milliy valyutada London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining so‘nggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi.

2019 yil martdan dekabrgacha bo‘lgan davrda oltinning 1 unsiyasi uchun Londonning qimmatbaho metallar bozori uyushmasining fiksing narxi 1302,2 dollardan 1523,0 dollargacha, ya’ni 17 foizga o‘sgan.

Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar, hamda zargarlik buyumlar ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarning xaridorlari hisoblanadi.