Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘tgan kunlar” kinosining asl nusxasi O‘zbekistonga olib kelindi
12:56 / 2019-12-28

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida suratga olingan “O‘tkan kunlar” badiiy filmining asl nusxasi “O‘zbekkino” Milliy agentligiga olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekkino” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu paytga qadar bu filmning to‘liq varianti Rossiya Federatsiyasi Davlat kinofondida saqlanib kelayotgan.

Xabar qilinishicha, filmning olib kelinishida Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari Alisher Usmanov yordam bergan. 

Ma’lumot uchun, “O‘tkan kunlar“ filmi 1969 yili o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning shu nomli romani asosida rejissyor Yo‘ldosh A’zamov tomonidan suratga olingan. Filmda bosh rollarni O‘lmas Alixo‘jaev (Otabek) va Gulchehra Jamilova (Kumush) ijro etgan.