French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘t balosi tezkorlikda bartaraf etildi, ammo...
12:40 / 2019-12-06

2019 yil 26 noyabr kuni soat 12:36 da Toshkent shahar KVBMga, Mirobod tumani Og‘abegim ko‘chasi 30-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar keldi.

2019 yil 26 noyabr kuni soat 12:36 da Toshkent shahar KVBMga, Mirobod tumani Og‘abegim ko‘chasi 30-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar keldi.

Yong‘in sodir bo‘lgan manzilga 2 ta asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yuborildi. Jangovar bo‘linma yong‘in sodir bo‘lgan manzilga soat 12:44 daqiqa o‘tganda yetib bordi. Bu vaqtda uyning 50m2 maydonidagi ichki va tom yog‘och panjaralari yonayotganligi va xonalarning birida 1970 yil tug‘ilgan uy egasi I.Yelestratovning jonsiz tanasi ham aniqlangan. Yong‘in Yakkasaroy tumani yong‘indan muhofaza qilish 21-XYoXQ shaxsiy tarkibi tomonidan 2 ta “B” qo‘l dastagi orqali suv sepib bartaraf qilingan.

Yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha Tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Mirobod tumani YoXB axborot xizmati.