Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smirlarimiz g‘alabasi
15:44 / 2014-07-10

Poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan o‘n olti yoshgacha futbolchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Ummon o‘smirlar terma jamoasi bilan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o‘smirlarimiz O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari kabi uchrashuvda g‘alaba qozondi.

Xabar qilinganidek, Vengriya yoshlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan Ravshan Haydarov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va har ikki golga Zabihillo O‘rinboyev mualliflik qilgandi.

Poytaxtimizdagi "Jar" stadionida o‘tgan uchrashuvda o‘smirlarimiz hujumkor o‘yin namoyish etib, raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinning 35- va 89-daqiqalarida Islom Kenjaboyev tomonidan kiritilgan gollar terma jamoamizga g‘alaba keltirdi.

O‘smirlarning ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 11-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.